Olmazor tumani hokimi vafot etdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Toshkent shahar hokimligi Abdumajid Mullajonov vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Abdumajid Fayzullayevich Mullajonov 1970 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U 2019 yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2021 yilning martidan tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Abdumajid Mullajonov O‘zbekiston Markaziy banki sobiq raisi, marhum Fayzulla Mullajonovning o‘g‘li edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing