Olmaotada Ginnes rekordiga kirishi mumkin  bo‘lgan bog‘ barpo etiladi

Olam

image

Qozog‘istonning Olmaota shahrida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilishi kutilayotgan bog‘ barpo etiladi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Gap shundaki, mazkur bog‘ ayeroportning xalqaro aviatsiya kodi – “ALA” harflari ko‘rinishida tashkil etiladi.

Joriy yilning  18 noyabr  kuni jamoat arboblari Olmaota hokimligi bilan hamkorlikda “ALA” bog‘iga daraxt va ko‘chatlarni ekish ishlarini yakunlaydi. 3,36 gektar maydonga 2500 tup archa nihollari ekiladi.

Ushbu bog‘ daraxtlar bilan yozilgan eng katta so‘z sifatida kutilmoqda. Harflar ko‘rinishidagi bog‘ shunday ekilganki, u samolyot qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rayotganda bortdagi yo‘lovchilarga yaqqol ko‘rinadi.

“Biz tarixda qolishga harakat qilyapmiz. Bu noyob joy Ginnesning rekordlar kitobiga eng katta so‘z sifatida kirishi mumkin”, - deydi loyiha muallifi Daut Shayxislomov.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing