Olmaliq shahar “voyenkom”i bozorda ayolni urgani aytilmoqda (video)
Jamiyat
−
09 noyabr 2021
15639Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i bozorda ayol kishiga nisbatan noo‘rin xatti-harakatni amalga oshirgani aytilayotgan video tarqaldi.
Tarqalgan videoda harbiy formadagi erkak do‘konga kirib, er-xotinga o‘g‘lining muddatli xizmat o‘tashi uchun tuzilgan shartnoma bo‘yicha pul to‘lashi kerakligini aytayotganini ko‘rish mumkin. Ota bunga javoban o‘g‘li uchun u pul to‘lashga majbur emasligini aytib javob qaytargan. Ona ham xuddi shunday javob bergan. Shunda erkak ayolni qo‘lidagi telefoniga tashlanib, uni tasvirga olishi mumkinmasligini aytgan. Tasvirlardan harbiy ayolni urganini taxmin qilish mumkin.
Mazkur holat bo‘yicha Mudofaa vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, hozirda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va Harbiy prokuratura mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.
Tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi. Holat Mudofaa vazirligi tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi