Olmaliqda 22 yoshli yigit akasini urgan tanishini pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Joriy yil 8 iyul kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq dehqon bozori”da 22 yoshli yigit akasini urgan tanishini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bozorda meva va poliz mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanuvchi (ismlar o‘zgartirilgan) aka-uka — 29 yoshli B. va 22 yoshli I. hamda 25 yoshli K. o‘rtasida o‘zaro gap talashish oqibatida janjal kelib chiqqan.

Tortishuv vaqtida K. qo‘li bilan B.ni urgan vaqtida janjalga I. (B.ning ukasi) qo‘shilgan va qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan K.ning ko‘krak qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda 25 yoshli K. olgan tan jarohati bilan Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing