Olmaliqda 155 mln so‘mlik dorilarni noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 155 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar boshqarmasining Olmaliq shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.I. dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, Olmaliq shahridagi avtoturargohda xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan 1211 quti “IRS-19” hamda 1860 quti “Tivortin” 100 ml nomli dori vositalarini jami 155 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing