Olma o‘rniga kannabis. Farg‘onada giyohvand modda yetishtirgan shaxs aniqlandi

Jamiyat 5372
image

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida olma bog‘ida giyohvand modda yetishtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 9 iyul kuni shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida M.A.ning fermer xo‘jaligidagi olma bog‘i xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Aniqlanishicha, olma bog‘ida kannabis giyohvandlik o‘simliklari parvarish qilib kelingan va ular daliliy ashyo tariqasida olingan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “a” bandi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 may kuni Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida fuqaro hovlisida 6 ming tup “ko‘knor” o‘simligi parvarish qilayotgani aniqlangandi.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 223
Reyting: 3
t
×