Olma-Ota yaqinida mudhish YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligiga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uzoq vaqt mijja qoqmasdan avtomobilni boshqarish turli yo‘l transport hodislarining sodir bo‘lishiga zamin yaratadi. 

Kecha,12 oktyabr kuni Qozog‘istondagi Olma-Ota - Ust-Kamenogorsk avtomagistralining 82-kilometrida shimolga qarab harakatlangan Audi -100 yuqori tezlikda burilishini amalga oshirib, halokatga uchradi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.

Natijada haydovchining rafiqasi voqea joyida vafot etgan. Mashina salonidagi ona va bola shifoxonaga yotqizilgan. Baxtsiz hodisa paytida salondagi yo‘lovchi yigitning qo‘li yirtilib ketdi.

Haydovchi jiddiy jarohat olmagan. Marhum ayolning qarindoshlariga ko‘ra, haydovchi yo‘lda uxlab qolgan bo‘lishi mumkin.

To‘qnashuvdan keyin avtoulov yaroqsiz holga kelib qoldi. Olma-Ota viloyati politsiyasi xodimlari avariya sabablarini tekshirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Olma-Ota yaqinida mudhish YTH sodir bo'ldi

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar