Oliygohlarga kirishdagi ijodiy imtihonlar haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston milliy matbuot markazida “2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik holati” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat test markazi vakillari ishtirok etmoqda.

Ijodiy imtihonlar topshiriladigan yo‘nalishlar to‘g‘risida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i A.Mamanazarov ma’lumot berdi.

Uning aytishicha:

  • ijodiy imtihonlar OTMda o‘tkaziladi, bunda imtihonlarni onlayn kuzatib borish uchun videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi;
  • jurnalistika yo‘nalishlarida faqat ijodiy imtihon nazarda tutilmagan, ya’ni 2 ta ta’lim yo‘nalishiga xos va 3 ta majburiy fanlardan test imtihonlari tashkil etiladi;
  • faqat pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga ijodiy (kasbiy) imtihonlari bilan birgalikda 3 ta majburiy fandan imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, baholash mezonlariga ko‘ra barcha shakldagi imtihonlarda eng yuqori ball 280,5 etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing