Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakolatlari kengayadi
Jamiyat
−
16 iyun 2021 7046 1 daqiqa
Davlat oliygohlarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar, kasblar ro‘yxatini bundan keyin Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlaydi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash tartibini, ulardan OTMda foydalanishga qo‘yiladigan talablarni ham vazirlikning o‘zi belgilaydi.
Avvalroq, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga onlayn qabul jarayoni joriy yilning 20 iyun kuni boshlanishi haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi