Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjatlar topshirish muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining barcha shakllariga talabgorlarning hujjat topshirishi uchun muddat 20 oktyabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli va 2020 yil 6 noyabrdagi 696-sonli qarorlarga muvofiq yagona elektron tizimi orqali oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining barcha shakllariga talabgorlar tomonidan hujjatlar topshirilmoqda. Hujjatlarni 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar qabul qilish belgilangan. 

Biroq, 2022 yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotalari 2 baravarga oshganligi, kvotalar tasdiqlanishi kechikkanligini inobatga olib, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjatlar topshirish muddati joriy yilning 20 oktyabriga qadar uzaytirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing