Oliy ta’limda alohida shahmat yo‘nalishi ochiladi
Jamiyat
−
15 yanvar 2021 6194 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida shaxmat bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
- boshqa oliy ta’lim muassasalarida shaxmat yo‘nalishiga zarur ehtiyojdan kelib chiqib, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining tavsiyasiga asosan alohida qabul kvotalari belgilanadi;
- pedagog xodimlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi innovatsion o‘quv metodik qo‘llanma” tanlovi tashkil etiladi, qo‘llanmani ommalashtirish va joylarga yetkazish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart