Oliy ta’lim vazirligi farzandi litseyga hujjat topshirgan ota-onalarga eslatma bilan chiqdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga imtihonlar o‘tkazilishi bo‘yicha murojaat qildi.

Vazirlik ularga akademik litseylarga kirish test sinovlari joriy yilning 22 avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkazilishini eslatgan.

Test sinovlari bir smenada o‘tkazilib, soat 8:00 boshlanadi.

Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

•    litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirib, yuklab olishi;
•    hujjat topshirgan akademik litseyiga bevosita borib, olishi mumkin.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun  3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

381

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing