Oliy sud binosida “svet” o‘chib qoldi
Jamiyat
−
28 iyun 5132 1 daqiqa
Toshkent shahridagi Oliy sud binosida elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli Oliy sudning barcha interaktiv xizmatlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda elektr ta’minoti to‘liq tiklangach, axborot tizimlari to‘liq ishga tushirilishi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr