Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida qanday masalalar ko‘rib chiqiladi?

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senati Kengashining qirq ikkinchi yalpi majlisi ertaga, 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi qaror Senatning kecha, 20 iyun kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida qabul qilindi.

Qayd etilishicha, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Jumladan, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi hamda “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonunlar shular sirasiga kiradi.

Shuningdek, “O‘zbekiston Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani (Toshkent, 2022 yil 22 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston hukumati bilan Pokiston hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Islomobod, 2022 yil 3 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar ham muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, yalpi majlisda Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta’minlash choralari yuzasidan Madaniy meros agentligiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing