Oliy ma’lumot talabi sabab O‘zbekistonda 4 ming ish o‘rni bo‘sh qolmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ma’lumot talab etmaydigan ko‘plab lavozimlarga da’vogarlar oliy ta’lim muassasasini tamomlamagani uchun ham mehnat bozorida bo‘shliq yuzaga kelib, ish joylarida 4 mingga yaqin vakant o‘rinlar ochilib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mazkur masalani tanqid qildi. 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, kasb va lavozimlar klassifikatori bugungi zamon va mehnat bozori talablariga mos kelmaydi. Misol uchun, unda 2 ming 484 ta, ya’ni 70 foiz xizmatchi lavozimi bo‘yicha oliy ma’lumot talab etiladi. Xususan, ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan mutaxassis, veb dizayner kabi ixtisosliklarga oliy malaka talabi qo‘yilgan. Holbuki, ushbu kasblarni IT-markazlarda yarim yilda yaxshi o‘rganish mumkin.

Kutubxonachi, tarjimon, bank agenti, reklama mutaxassisi kabi ko‘plab vazifalarga ham oliy ma’lumot talabi qo‘yilgan. Mehnat bozorida bunday kasblar bo‘yicha 4 mingga yaqin vakansiya mavjud.

Yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Kasb va lavozimlar klassifikatorida oliy ma’lumot talab qiladigan mutaxassisliklar va lavozimlarni qisqartirish vazifasi qo‘yildi. 

Hokimlarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari “yoshlar daftari” bo‘yicha, mahalla va oila masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari “ayollar daftari” bo‘yicha mas’ulligi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

bo'sh ish o'rinlari

Baholaganlar

276

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar