Oliy diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy ta’lim muassasalarida 2022/2023 o‘quv yili bo‘yicha qabul imtihonlari ijodiy imtihon va test sinovi shaklida o‘tkaziladi. Bu haqda Diniy idoraning Ta’lim va ilmiy-tadqiqodlar bo‘limi xabar berdi. 

Hadis ilmi maktabiga imtihonlar 3 avgust kuni Hadis ilmi maktabi binosi sport zalida bo‘lib o‘tadi. Hadis va mustalah al-hadis hamda arab tilidan ijodiy imtihon olinadi. 4 avgust kuni Hadis ilmi maktabi binosi orqa hovli qismida O‘zbekiston tarixidan test sinovi o‘tkaziladi. 5 avgust kuni mandat hay’ati natijalarni e’lon qiladi.

8-9 avgust kunlari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. 8 avgust – arab tilidan ijodiy imtihon, 9 avgust kuni fiqh va aqoid hamda O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi. 10 avgust kuni mandat hay’ati natijalarni e’lon qiladi.

11-12 avgust kunlari Mir Arab oliy madrasasiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar, 12 avgust kuni esa fiqh hamda aqoid va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi. 13 avgust kuni natijalar e’lon qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabiga o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari kirish test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi. 2022/2023 o‘quv yili uchun test sinovlari kunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy diniy ta'lim muassasalari qabul imtihonlari

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing