Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari yana 2,4 mlrd dollar so‘ramoqda

Sport

image

2021 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarini tashkil etish uchun qo‘shimcha 2,4 milliard dollar kerak bo‘ladi. Bu haqda Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasining ijrochi direktori Toshiro Muto ma’lum qilgan. 

Unga ko‘ra, ushbu mablag‘ning 1,5 milliard dollari o‘yinlarni o‘tkazish bilan bog‘liq operativ ehtiyojlar uchun, yana 900 million dollari koronavirus bilan kurashish uchun zarur bo‘ladi.

Muto tashkilotchilar xarajatlarni kamaytirish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishlariga ishontirgan.

Bundan oldin Olimpiada uchun byudjet 13 milliard dollarga baholangan. 

Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo ular pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan. Endi Olimpiya o‘yinlari 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

OLIMPIYa TOKIO

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar