Olimpiya o‘yinlari payti Tokioda favqulodda holat joriy etiladi

Sport

image

Yaponiya poytaxti Tokioda Olimpiada o‘yinlari payti favqulodda rejim joriy etiladi. Bu haqda “Interfaks” kunchiqar yurt mahalliy nashrlariga tayanib yozmoqda.

Hukumatning koronavirusga qarshi dasturini boshqaradigan Yaponiyaning Iqtisodiy tiklanish vaziri Yasutoshi Nishimuraning ta’kidlashicha, Tokioda favqulodda holat 12 iyuldan boshlanib, 22 avgustgacha davom etadi. Olimpiya o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha shtkazilishi rejalashtirilgan.

Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi rahbari Seiko Xashimotoning so‘zlariga ko‘ra, o‘yinlarga mahalliy tomoshabinlarni qabul qilish masalasi hali ham ochiq qolmoqda. Musobaqalarni bekor qilish hali ham variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

“Ishlarning qanday ketishi hali ham aniq emas, musobaqani tomoshabinlarsiz o‘tkazishni o‘ylaymiz” deydi u.

Shu bilan birga, Tokio gubernatori Yuriko Koike musobaqani muxlislarsiz o‘tkazish xavfsizroq deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing