Olimpiadaning 14-kunidan keyin O‘zbekiston katta yuqorilashga erishdi

Sport

image

Parij shahrida davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarining 13-kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin medalga ega chiqib, umumjamoa hisobida 18-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Dzyudochilar Diyora Keldiyorovaning yagona oltin medali va Muzaffarbek To‘raboyev hamda Alisher Yusupovning bronzalari evaziga delegatsiya 43-o‘rinda borayotgandi, Hasanboy Do‘smatov va Ulug‘bek Rashidovlarning oltin medallari evaziga ko‘rsatkich 25 pog‘ona yuqoriladi.

Hozirga kelib O‘zbekiston jamoasi hisobida 3 ta oltin va 2 ta bronza medali mavjud. Bugungi kun dasturida bokschilar tomonidan kafolatlangan 2 ta kumush medal, oltinga aylansa o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida 13-o‘ringacha ko‘tarilishi mumkin.

Reytingda hamon AQSH vakillari yetakchilik qilmoqda. Amerikaliklar hisobida 30 ta oltin, 38 ta kumush va 35 ta bronza, jami 103 ta medal bor. Kuchli uchlikka Xitoy va Avstraliya sportchilari yakun yasab bergan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Olimpiada Diyora Keldiyorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made