Olimlar organizmni spirtli ichimliklardan tezda tozalash usulini topdi

Bu qiziq

image

Kanadalik olimlar organizmni spirtli ichimliklardan tozalashning oddiy va tezkor usulini ishlab chiqdi. Tadqiqot natijalari “Scientific Reports” jurnalida ma’lum qilingan.

Manbaga ko‘ra, bu jarayon qimmatbaho uskunalarni talab qilmaydi. 

Ta’kidlanishicha, barcha alkogol ichimliklar tarkibidagi etanol ma’lum vaqtdan so‘ng zahar vazifasini o‘tay boshlaydi va qon aylanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili alkogolning kuchli mastligi natijasida uch millionga yaqin odam vafot etadi.

Kanadada joylashgan Toronto universiteti sog‘liqni saqlash tarmog‘i tadqiqotchilari organizmni spirtli ichimliklardan tozalash uchun o‘pkadan foydalanishni taklif qildi.

Olimlar giperventilya – chuqur va tez nafas olish bilan alkogolning jigar orqali uch baravar tezroq chiqarib tashlanishini aniqladi. Bu jarayonda tanadan spirt chiqarilishi darajasi ham ko‘rsatildi.

Ushbu usul ilgari shifokorlarga ma’lum bo‘lgan, ammo cheklangan darajada qo‘llangan. Chunki inson majburan kuchli nafas olganda ko‘p miqdorda karbonat angidrid yo‘qoladi. Bu esa bosh aylanish, hushidan ketish kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

941

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing