Olimlar uzoq vaqt o‘tirib ishlash nimaga olib kelishini aytdi

Salomatlik

image

Olimlar umrining asosiy qismini o‘tirgan holda o‘tkazadigan insonlarda insult xavfi yuqoriroq ekanligini aniqladi. Bu haqda "Stroke" jurnali xabar berdi.               

Ma’lum bo‘lishicha, Kanadaning Kalgari universiteti tadqiqotchilari insult, yurak-qon tomir kasalliklari va saratondan aziyat chekmagan 40 yoshdan katta 143 ming kishining hayot tarzini hamda sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Qayd etilishicha, tadqiqotchilar ishtirokchilarining salomatligi to‘qqiz yil davomida kuzatib borgan. Ishtirokchilar bir kunda o‘rtacha to‘rt soatga yaqin vaqtini o‘tirib o‘tkazgan.

Ta’kidlanishicha, tadqiqot ishtirokchilarining 3 ming nafari insultga uchragan. Kuniga sakkiz soatdan ortiq o‘tiradigan jismoniy faolligi kam 60 yoshdan kichik ishtirokchilarda insult xavfi to‘rt soatdan kam o‘tiradiganlarga nisbatan 4,2 barobar, ko‘p harakatlanadiganlarga nisbatan esa yetti barobar ko‘p uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing