Olimlar umrni uzaytiruvchi ichimlik nomini aniqladi

Salomatlik

image

Olimlar umrni uzaytiradigan ichimlik haqida ma’lum qildi. Bu haqda "Express"ga asoslanib xabar berilgan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, anor sharbati nafaqat umr ko‘rish davomiyligini oshirishi, balki saraton rivojlanishi xavfini ham kamaytirishi mumkin. 

Qayd etilishicha, mutaxassislar drozofila meva pashshalari ustida tajriba o‘tkazgan. Natijada anor sharbati ushbu hasharotning erkak va urg‘ochilarining hayotini mos ravishda 18 va 8 foizga uzaytirishga yordam bergan. 

Shuningdek, ushbu ichimlikni iste’mol qilgan hasharotlar kun davomida jismoniy jihatdan ancha faol bo‘lganligi ta’kidlangan.

Mutaxassislarning aniqlashicha, anor sharbatida urolitin A moddasi mavjud bo‘lib, u hujayralardagi mitoxondrial funksiyani yaxshilaydi. 

Ushbu ta’sir organizmning qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi. 

Bundan tashqari, tadqiqotchilar ushbu ichimlik yurak xastaligi xavfini kamaytirishini aniqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

anor sharbati

Baholaganlar

1264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar