Olimlar sport singari umrni uzaytiruvchi vositani aniqlashdi

Salomatlik

image

AQSHning G‘arbiy Virjiniya universiteti olimlari har kuni glyukozamin iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini 65 foizgacha va boshqa sabablarga ko‘ra o‘lim xavfini 39 foizgacha kamaytirishi mumkinligini aniqlashdi. Bu haqda “WVUToday” yozmoqda.

Ma’lum bo‘liishcha, tadqiqot muallifi Dan King sevimli mashg‘ulotlari tufayli ushbu preparatga e’tibor qaratgan.

“Men tashrif buyuradigan velosiped klubining barcha a’zolari glyukozamin qabul qiladi”, deb tushuntirdi King.

Shundan so‘ng, olim va uning hamkasblari preparatni kunlik iste’mol qilish o‘lim xavfini pasayishi bilan bog‘liqligini aniqlashga qaror qilishgan. Tadqiqotda ular 40 yoshdan katta 16 686 kishidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishgan. Ushbu ko‘ngillilar 1999 yildan 2010 yilgacha sog‘liqni saqlash va ovqatlanish bo‘yicha milliy tadqiqotda qatnashgan. Olimlar ularning sog‘lig‘i, dori-darmonlarni iste’mol qilishi, shuningdek, jinsi, chekish holati, faoliyat darajasi va boshqa ko‘rsatkichlarini tahlil qilishgan.

“Natijalar juda quvonchli ko‘rinadi, ammo bizning tadqiqotimiz klinik emas, balki epidemiologik ekanligini ta’kidlash kerak”, deya izoh berdi King.

Muallifning ta’kidlashicha, bu yo‘nalishda kelajakda tasodifiy sinovlar o‘tkazilishi lozim.

King o‘zi ham kundalik hayotida glyukozamin iste’mol qilib keladi. Uning tavsiya qilishicha, glyukozamin qabul qilish uchun tibbiyot xodimlari bilan, albatta, maslahatlashish kerak.

“Dori retseptisiz sotiladi, ammo uning retsepti shifokor tomonidan tasdiqlanishi kerak”, deya xulosa qilgan tadqiqotchi.

Glyukozamin xnroprotektorlarga tegishli bo‘lib, mushaklar-skelet tizimi kasalliklari rivojlanishining oldini olish uchun ishlatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

glyukozamin

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar