Olimlar Markaziy Osiyo bo‘yicha xavotirli ogohlantirish bilan chiqdi

Olam

image

AQSHning Nebraska-Linkoln universiteti olimlari so‘nggi 40 yil ichida Markaziy Osiyoning ayrim qismlarida cho‘l hududi 100 kilometrgacha kengayganini ma’lum qildi. Bu haqda “Scientific American” xabar bergan. 

Qayd etilishicha, o‘tgan asrning oxiridan boshlab cho‘l iqlimi deb tasniflangan hudud O‘zbekiston va Qirg‘iziston shimoli, janubiy Qozog‘istonda va Xitoy shimoli-g‘arbiy qismidagi Jung‘or havzasi atrofida 100 kilometrgacha kengaygan. 

Bundan tashqari, olimlar bu sezilarli kengayish qo‘shni iqlim zonalariga domino ta’sirini o‘tkazganini va ular ham quriganligini ta’kidlagan. 1990 va 2020-yillar oralig‘ida ba’zi hududlarda o‘rtacha yillik harorat 1960 va 1979 yillardagiga qaraganda kamida 5 daraja issiqroq bo‘lgan, yoz quruqroq bo‘lib, faqatgina qishda yog‘ingarchilik bo‘lgan.

Shu bilan birga, olimlar tog‘li hududlarda ham iqlim o‘zgarayotganini qayd etishgan. Xususan, Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Tyan-Shan tog‘ tizmasida haroratning ko‘tarilishi sabab qor emas, faqatgina yomg‘ir yog‘gan. Yer va iqlim bo‘yicha mutaxassis va tadqiqotning yetakchi muallifi Si Xuning so‘zlariga ko‘ra, haroratning oshishi va yog‘ingarchilikning ko‘payishi balandlikdagi muzlarni erishiga olib kelmoqda.

Olimlarning tushuntirishicha, qor yog‘ishining kamayishi bilan Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolgan muzning o‘rnini bosa olmaydi, bu esa kelajakda odamlar va ekinlarga kamroq suv yetib borishiga sabab bo‘ladi. 

“Tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi kabi inson faoliyati ham cho‘llanishga yordam beradi. Shuning uchun Markaziy Osiyo hukumatlari barqaror qishloq xo‘jaligi va urbanizatsiyaga e’tibor qaratishlari kerak”, deydi Buyuk Britaniyaning Oxford universiteti geografi Troy Sternberg.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing