Olimlar koronavirusning yangi alomatlarini aniqlashdi
Salomatlik
−
10 Oktabr 2020
29308Britaniyalik olimlar koronavirusning yangi alomatlarini aniqlashdi. Bu haqda "Daily Mail" yozmoqda.
Olimlar yangi alomatlarga charchoq, mushaklarda og‘riq va oyoqlarda pufakchalar paydo bo‘lishini kiritishdi. Ta’kidlanganidek, alomatlar bemorning yoshi va organizmning xususiyatlariga qarab turli yo‘llar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda koronavirusning rasman tan olingan uchta alomati bor. Ular, isitma, doimiy yo‘tal va hid yoki ta’m sezishni yo‘qotishdir.
Ta’kidlanishicha, Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi test markazlariga ortiqcha yuk tushirmaslik maqsadida yangi alomatlarni SOVID-19 indikatorlari ro‘yxatiga qo‘shmaslikka qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni deyarli 37 millionni tashkil qilmoqda. Vafot etganlar soni 1 milliondan oshgan.
LiveBarchasi