Olimlar qancha maosh o‘zbekistonliklarni baxtli qilishini hisoblab chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarosining baxtli hayoti uchun yiliga qancha mablag‘ kerakligi aniqlandi 

Tadqiqotchilar dunyoning aksariyat mamlakatlari aholisi hayotidan mamnun bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan minimal mablag‘ miqdorini hisoblab chiqdi

Ularning fikricha, baxtni sotib olish mumkin emas, ammo pul baxtsizlikni oldini olishga yordam beradi. 

Aynan shu yondashuv bilan "Expensivity"
internet nashri tahlilchilari tomonidan yangi tadqiqotlar amalga oshirildi. Ular o‘zlarining ishlarida 
Perdyu universitetining ishlanmalari va so‘rovlariga asoslandi. 

Ushbu universitet tadqiqotida 1,7 million kishining ma’lumotlari ko‘rib chiqilgan va ularning daromadlari hamda hayotdan qoniqish darajasi taqqoslangan. 

Ular qancha ko‘p pul bo‘lsa, shuncha ko‘p baxt bo‘lishini, lekin unda ham ma’lum bir chegara zarurligini ta’kidlagan. 

Bundan tashqari, daromadning haddan ortiq ko‘p bo‘lishi baxtsizlikka olib kelishi ham mumkinligi aytilgan. 

Dastlab mutaxassislar eng "qimmat" va "byudjetli" 10 ta mamlakatni aniqlagan. 

Unga ko‘ra, Bermudadagi "baxtning narxi" shunchaki "osmonda". Hayotdan qoniqish hosil qilish uchun mahalliy aholi 143 ming 933 dollar ishlab topishni xohlaydi. 

Kuchli uchlikka shuningdek, Avstraliya (135 ming 321 dollar) va Isroil (130 ming 457 dollar) kirgan. 

Shveysariya (128 969 dollar) va Yangi Zelandiya (128 844 dollar) kuchli beshlikni yopgan. 

Norvegiya (114 147 dollar), Germaniya (109 142 dollar), Yaponiya (107 587 dollar), Islandiya (107 351 dollar) va AQSH (yiliga 105 000 dollar) ham eng qimmat mamlakatlar o‘ntaligiga kirgan. 

Baxtli bo‘lish uchun eng oson joy qayerda? Eng arzon baxt Janubiy Amerikaning kichik Surinam davlatidadir. Buning uchun mamlakat aholisiga yiliga 6 799 dollar bo‘lishi yetarli. 

Argentina (8 778 dollar) va Angola (8 921 dollar) ham eng arzon baxt bo‘yicha top-uchlikdan joy olgan. 

Markaziy Osiyo esa to‘rtinchi o‘rindan joy olgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarosining baxtli hayoti uchun yiliga 8 997 dollar kerak. 

Eron fuqarosiga bir yil uchun 10 134 dollar, Zambiya fuqarosiga 10 224 dollar, Serra-Leone fuqarosiga 10 498 dollar, Efiopiya fuqarosiga 10 681 dollar, Turkiya fuqarosiga 10 742 dollar, Nikaragua fuqarosiga 11 237 dollar yetarli bo‘lishi aniqlangan. 

Umuman olganda, Markaziy Osiyoda baxtli hayot surati nihoyatda xilma-xilligi aniqlangan. 

Turkmaniston fuqarosi o‘ziga kerak bo‘lgan barcha narsaga ega bo‘lishi uchun yiliga 50 393 dollar olishi kerak. Bu taxminan 176 ming turkman manati degani. 

Qirg‘iziston aholisi esa moliyaviy jihatga eng beparvolardan bo‘lib, ularning yillik "baxt miqdori" 8 997 dollar, ya’ni, 763 ming som ekani ma’lum bo‘lgan. 

O‘zbekiston va Tojikistonda esa "baxtning narxi"ni taqqoslash mumkin: mos ravishda 21 960 dollar va 22 850 dollar. 

Milliy valyutaga o‘tkazilganda, O‘zbekiston fuqarosiga yiliga 230 536 080 so‘m kerak bo‘ladi, Tojikiston fuqarosi uchun esa 260 262 somoniy. 

Markaziy Osiyoning boshqa bir mamlakati Qozog‘istonda "baxtning narxi" yiliga 14 607 dollarni tashkil etadi. Bu milliy valyutaga o‘tkazilganda 6 million tengedan oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1362

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing