Olimlar qahvaning yurakka foydasini aniqladi
Bu qiziq
−
10 noyabr 2025 6617 2 daqiqa
San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti hamda Adelaida universiteti olimlari qahva iste’moli yurak ritmining eng keng tarqalgan buzilishlaridan biri – bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi xavfini kamaytirishi mumkinligini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot JAMA jurnalida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, fibrillyatsiya holati yurak urishining tezlashishi va notekislashishiga olib keladi, oqibatda insult yoki yurak yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Oldinroq, kardiologlar yurak xastaligi bo‘lgan bemorlarga aritmiya simptomlari kuchayishi mumkinligi sabab kofeinni cheklashni tavsiya qilishgan. Ammo yangi tadqiqot kuniga atigi bir stakan qahva ichish bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi rivojlanish ehtimolini 39 foizga pasaytirishini aniqlagan.
Tadqiqotda fibrillyatsiya bo‘lmachalari yoki bo‘lmachalar tebranishi tashxisi qo‘yilgan 200 nafar bemor ishtirok etgan. Bu kasallikda bo‘lmachalar qisqarish tezligi daqiqasiga 200-400 martagacha yetishi mumkin. Ularning barchasiga yurak ritmini tiklash uchun elektr kardioverziya qo‘llanilgan. Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lingan: birinchi guruh ishtirokchilari har kuni kamida bir stakan qahva ichgan, ikkinchisi guruh esa olti oy davomida kofeindan to‘liq voz kechgan.
Natijalarga ko‘ra, qahva ichganlarda aritmiya qaytalanish xavfi sezilarli darajada kamroq bo‘lgan. Olimlarning taxminicha, qahva yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, shirin, alkogolli va energiya ichimliklarining o‘rnini bosib, yurakka tushadigan yukni kamaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avstraliyalik olimlar oshqozon-ichak traktida joylashgan asab tizimi o‘simta rivojlanishiga bevosita ta’sir qilishi mumkinligini aniqlagan edi. 0
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025