Olimlar itlardan odamlarga yuqadigan yangi koronavirusni topishdi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Malayziya olimlari ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirusni aniqladilar, u itlardan odamlarga yuqadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2018 yilda olimlar Malayziyada pnevmoniya bilan davolanayotgan 300 dan ortiq bemorning burun tamponlarini tahlil qilishgan. Ularning sakkiztasidan, yettitasi bolalar bo‘lib, namunalardan ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirus aniqlangan. Olimlar ushbu yangi turini CCoV-HuPn-2018 deya nomlaganlar. Ushbu yangi koronavirus turi ilgari faqat itlarga yuqqan. Ammo endilikda olimlar CCoV-HuPn-2018 koronavirusi itlardan odamlarga ham yuqishni boshlagani haqida xabar berishgan.

Xabarga ko‘ra, virus odamdan odamga yuqish-yuqmasligi va inson immuniteti ushbu kasallik bilan qanday kurasha olishi noma’lum.

"Hozir biz ushbu virusdan yangi pandemiya kutish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapmiz, ammo ushbu kasallik kelajakda hech qachon tashvish tug‘dirmaydi deb ayta olmayman", degan Ogayo shtati universiteti tadqiqotida qatnashgan olimlardan biri Anastasiya Vlasova. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu koronavirus bilan kasallangan itlarda oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar qayd etilgan. Odamlarda esa  bu belgilar yo‘q, ammo nafas olish yo‘llari kasalliklari bilan o‘xshash alomatlar qayd etilgan. Shu bilan birga, ushbu koronavirus tashxisi qo‘yilgan sakkizta bemorning hammasi tuzalib, 4-6 kundan keyin shifoxonadan chiqarilgan.

Shuningdek, Vlasova, ayni paytda ushbu virusning qanchalik keng tarqalgani noma’lumligini ta’kidlagan. Ammo olimlarning aytishicha, virus itlar va Malayziyadagi odamlar orasida tarqalish bilan cheklanmasligi mumkin. Ularning aytishicha, agar epidemiologik tadqiqotlar tasdiqlansa, bu  sakkizinchi koronavirus bo‘ladi.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing