Olimlar eng ko‘p ichuvchi millatni ma’lum qildi
Bu qiziq
−
06 dekabr 2021
60161Avstraliyaliklar dunyodagi eng ko‘p ichadigan xalqdir. Bu haqda Giyohvand moddalar va alkogol bo‘yicha global tadqiqot (GDR2021) shunday xulosaga kelishga sabab bo‘lgan.
Hisobotda ma’lum qilinishicha, Avstraliya fuqarolari boshqa davlatlar fuqarolariga qaraganda ko‘proq mast bo‘lishadi – yiliga o‘rtacha 27 marta. Bu dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobar ko‘p – 15 marta. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Daniya va Finlyandiya ham kuchli uchlikka kiradi. O‘rganilgan barcha mamlakatlarda erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq ichishadi. Eng katta farq italiyaliklar, belgiyaliklar va shveysariyaliklar orasida kuzatilgan.
Bundan tashqari, avstraliyaliklar o‘rtacha haftada ikki marta yoki yiliga 106 kun spirtli ichimliklarni iste’mol qiladilar. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Fransiya yetakchilik qilmoqda – yiliga 132 marta, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda mos ravishda Yangi Zelandiya va Niderlandiya egallagan.
Tadqiqotga ko‘ra, ko‘pincha irlandlar, polyaklar va yangi zelandiyaliklar ichgani tufayli pushaymon bo‘lishadi - taxminan 28 foiz holatda. Ro‘yxatning ikkinchi uchida daniyaliklar, avstriyaliklar va finlar joylashgan. Spirtli ichimliklarni juda tez va ko‘p iste’mol qilish pushaymonlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Deyarli barcha mamlakatlarda ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq ichganidan afsuslanadi, Polsha va Italiya bundan mustasno.
LiveBarchasi