Ortiqxo‘jayev Prezidentning qarorini bajarmay kelyapti. O‘sarov undan xafa

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hanuzgacha tashkilotga joy ajratmagani sabab undan xafa. Bu haqda u bugun, 23 sentyabr kuni “O‘zbekistonda jurnalistlarning huquqiy himoyasi: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida aytib o‘tdi, deb xabar berdi QALAMPIR.UZ muxbiri.

“Toshkent shahar hokimidan xafaman. To‘g‘ri shaharda juda ko‘p ishlar amalga oshirilyapti. Biroq, Prezidentimizning 2017 yil 10 avgustda “O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Atigi 4 ta moddadan iborat qarorda Toshkent shahar hokimligiga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi uchun Islom Karimov ko‘chasidagi 15-A uydan joy berish vazifasi yuklatilgandi. Mana oradan qariyb 5 yil vaqt o‘tdi, lekin uyushmaga shu bugungi kungacha joy ajratib berilgani yo‘q. Biz hanuzgacha axborot sohasidagi vakolatli davlat organining davlat binosida ijarada turibmiz”, dedi Olimjon O‘sarov.

Shuningdek, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Prezident saylovi arafasida xorijdan kelgan jurnalistlar uyushmaga kelishni so‘rayotgani lekin Olimjon O‘sarov hozirgi holatdan uyalib, ularning taklifini rad etayotganini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

537

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing