Oktyabr oyida eng ko‘p tug‘ilish qaysi hududda qayd etildi? 

Jamiyat

image

2022 yilning oktyabr oyida respublika bo‘yicha 85 306 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 843 taga oshgan. 

Oktyabr oyida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatiga tog‘ri kelgan bo‘lsa, eng kami Sirdaryoda qayd etilgan. 

Hududlar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar soni: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 199 ta   
  • Andijon viloyati – 8 026 ta  
  • Buxoro viloyati – 4 313 ta  
  • Jizzax viloyati – 3 807 ta   
  • Qashqadaryo viloyati – 9 286 ta 
  • Navoiy viloyati – 2 186 ta   
  • Namangan viloyati – 7 615 ta   
  • Samarqand viloyati – 10 272 ta  
  • Surxondaryo viloyati – 7 193 ta  
  • Sirdaryo viloyati – 1 990 ta 
  • Toshkent viloyati – 6 146 ta  
  • Farg‘ona viloyati – 9 365 ta   
  • Xorazm viloyati – 4 800 ta  
  • Toshkent shahri – 6 108  ta

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing