Oksigenatorni uyda ishlatish xavfli – mutaxassis
Salomatlik
−
21 iyul 2020
6501“Tez yordam” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mutaxassislar koronavirusdan uyda davolanayotgan bemorlar nafasi yetishmay qolganda oksigenatorni qanday ishlatish haqida ma’lumot berdi.
“Bunday oksigenatorlar statsionar sharoit uchun ishlab chiqilgan. Jihozda “uy sharoitida ishlatish mumkin emas”, deb yozilgan. Chunki bu ham xavfli bo‘lishi mumkin. Negaki, kislorod ko‘payib ketsa ham yomon. Yana bu ham yonish va portlashi mumkin. Shuning uchun buni shifokorlarga berish foydaliroq”, dedi tibbiyot fanlari nomzoda Dildora Sekler.
Tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xo‘jaqulova oksigenatordan foydalanish uchun bemorni prompozitsiyaga yotqizish kerakligini aytdi.
“Prompozitsiya degan narsa qoringa yotqizib, oyog‘i va yelkasiga yostiq qo‘yilib nafas oldiriladi. O‘pka orqaga yaqinroq joylashgan. Shuning uchun, qoringa yotqizsa, o‘pka bo‘shaydi, nafas olish osonlashadi. Bemorlar ham aytgan”, dedi Xo‘jaqulova.
Avvalroq, mutaxassislar koronavirusning yuqumliligi saqlanib qoluvchi muddat haqida ma’lumot bergandi.
LiveBarchasi