Oksana Chusovitina O‘zbekiston hisobiga yana bir kumush medalni yozib qo‘ydi

Sport

image

Kecha, 19 iyun kuni Oksana Chusovitina 44 yoshni qarshi oldi. Shuningdek, bu tinib-tinchimas sportchimiz kecha Janubiy Koreyaning Cheju shahri mezbonligidagi Korea Cup musobaqasida ishtirok etib, O‘zbekiston hisobiga yana bir kumush medalni yozib qo‘ydi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.


Sportchimiz musobaqada o‘zining sevimli tayanib sakrash mashqi bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Tayanib sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan Oksana 14.550 ball jamg‘arib, kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu esa Oksana uchun unutilmas kunlardan biri bo‘lib qoldi. 

 

Musobaqa mezboni Yo Song Jongga 14.817 ball bilan g‘oliblik nasib etgan bo‘lsa, meksikalik Aleksa Mareno 14.367 ball bilan shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing