OKMKda yana yangi turdagi mahsulotlar o‘zlashtirildi
Biznes
−
05 Oktabr 2022
6612Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Kombinat olimlari va mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqot va izlanishlar natijasida har yili yangi turdagi mahsulotlar olinmoqda. Kuni kecha kombinatning Chirchiq shahrida joylashgan Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yangi turdagi – kompozit qotishmalar (metall keramika) – mahsulotlar o‘zlashtirildi. Ushbu qotishmalardan sirpanma podshipniklarni tayyorlash uchun foydalaniladi.
Buning uchun birlashmada temir kukuni va molibden karbidi asosidagi kompozit qotishmalar ishlab chiqarish uchastkasi ham tashkil etildi.
Ayni kunlarda molibden karbidi asosidagi hamda temir kukuni asosidagi qotishmalar ishlab chiqarilmoqda.
Molibden karbidi asosidagi qotishmadan tayyorlangan podshipnik namunalaridan bugungi kunda birlashma sexlarida molibden ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmoqda. Shuningdek, tayyorlangan namunalar sinov uchun kombinatning Issiqlik elektr markaziga ham yuborildi.
Birlashma tayyorlagan podshipniklarning afzalligi shundaki ular uzoq muddat xizmat qiladi va shu yerning o‘zida ishlab chiqarilishi qulayligi bilan muhim.
Masalan, doimo ishlatiladigan sharikli podshipnikning xizmat muddati 1 oydan oshmasa, birlashma taklif qilayotgan molibden karbidi asosidagi sirpanma podshipnik muddati ikki oydan oshishi ta’kidlanmoqda.
E’tiborlisi, kombinatda mazkur podshipnikka 1 yilda o‘rtacha 1500 dona ehtiyoj bo‘lib, 1 dona podshipnikning narxi 639 000 so‘mni tashkil etmoqda. Avvallari ishlatiladigan 1 dona sharikli podshipnikning narxi esa 954 500 so‘m. Bu ikki podshipnikni narxini solishtirganda 1 yilda kombinat o‘rtacha 473 mln so‘m tejashga erishadi.
Mazkur yangilik natijasida birlashmada yiliga 15,289 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.
OKMK Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr