OKMKda noyob turdagi yangi mahsulotlar o‘zlashtirilmoqda
Biznes
−
24 avgust 2022
10282Ilm-fanning ishlab chiqarishga integratsiyasi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, innovatsion ishlanmalarning sanoatga tatbiq etilishi yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida samarali izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2022 – 2024 yillarga mo‘ljallangan “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ni rivojlantirish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish dasturi ijrosi bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilayapti.
Xususan, kombinat olimlari va mutaxassislari bir qator yangi turdagi mahsulotlarning ilk namunalarini olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ushbu mahsulotlardan biri yuqori darajada mustahkamlik va egiluvchanlikka ega nikel asosli yangi superqotishmadir.
Qotishmadan uzoq ishlaydigan, masalan, avtomobilsozlik, ichki yonuv dvigatellari, yuqori issiqlikda ishlovchi qurilmalar, neft-gaz sohasida, aerokosmik ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Hozir dunyo davlatlarida inconel degan nikel asosli qotishma bor. Bu rivojlangan avtomobilsozlikda ko‘p ishlatiladi. Asosan, Chevrolet, Hyundai, Kia'lar motorida shunday material ishlatiladi.
Yangi ixtiro nikel asosli superqotishmalar oilasiga mansub bo‘lgan metall kompozitsiya hisoblanadi. Uning afzalligi oksidlanish darajasi yo‘qligida, ya’ni korroziyaga uchramaydi, shu sabab uzoq muddat yaroqli bo‘ladi. Zichligi pastligi hisobiga yengil, lekin bu mo‘rt degani emas. Ya’ni u yengil, mustahkam, egiluvchan, har xil harorat va iqlimlarda sinib ketmaydi, tashqi muhit ta’sirini olmaydi. Yangi superqotishma yengil bo‘lishi bilan birga, juda yuqori haroratga bardoshli hisoblanadi va yengil quyiladi.
O‘tgan haftada laboratoriya va yarim sanoat sharoitida kombinatda nikel asosli yangi superqotishmaning ilk namunasi olindi. Ushbu qotishmaga Yevropa, Osiyo va AQSHda ham talab juda katta. Superqotishmadan yaqin kelajakda yuqori qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish ham o‘zlashtiriladi.
Yana bir yangi mahsulot ammoniy oktamolibdat bo‘lib, u tutunni kamaytiruvchi va olovni so‘ndirish xususiyatiga ega. Ushbu modda barcha plastik mahsulot(polivinilxlorid )lariga qo‘shilganda birincha navbatda yong‘inni o‘chirish xususiyatga ega. Eng afzallik jihati, plastik qurilish materiliga qo‘shilganda uning yonuvchanligini to‘xtatishi bilan ahamiyatli. Shuningdek, ushbu mahsulot dunyo bozorlarida avtomobil intereri, aviakosmik intereriga, kabellarga qo‘shiladi.
Ushbu mahsulotni olishda amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar o‘z natijasini uzoq kuttirmadi. 23 avgust kuni ammoniy oktamolibdat 99,99% sof holatda olinishga erishildi. Ayni paytda marketing ishlari olib borilmoqda. Mazkur mahsulotni katta hajmda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Hozirda ilk namunalarini yarimsanoat sharoitida ishlab chiqarildi. Ushbu mahsulot molibden asosidagi mahsulot sanaladi. O‘ylaymizki, bu mahsulotimiz qurilish sohasida ham keng qo‘llanilib, sohada inqilob yasashi shubhasiz.
Kombinat mutaxassislari va olimlarining ushbu yutuqlari mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
OKMK Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr