OKMKda dastur doirasida 21 ta yangi turdagi mahsulot o‘zlashtirildi

Biznes

image

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy yilning 1-choragida mahalliylashtirish dasturida rejalashtirilgan 75 ta loyiha bo‘yicha hajmi 44,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lsada, amalda 59,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar tayyorlandi. Bu esa  rejaga nisbatan 132,7 foizni va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43,1 mlrd so‘mga yoki 138,2 foizga reja oshirib bajarilgan.

Kombinatda dastur ijrosi asosan Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi, Rux zavodi hamda Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida amalga oshiriladi.

Dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni korxonalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak o‘tgan davrda Markaziy ta’mirlash mexanika  zavodida 36,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Dastur doirasida 220,4 ming dollarlik texnik rux sulfati eksporti ham amalga oshirilgan.

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida esa 9,6 mlrd so‘mlik,  Rux zavodida 13,5 mlrd so‘mlik mahsulotlari tayyorlanishiga erishilgan.

Dastur doirasida bugungi kunda  mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha 21 ta yangi turdagi 25,2 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Bularga qattiq qotishmali mahsulotlar – sverlo va frezalar, tosh maydalash tegirmoni qoplamasi, yuqori haroratga chidamli keramik mahsulotlar, volfram angidridi, yanchish uskunasining zirhlari, quyma mahsulotlar va boshqalar.

Joriy yil yakuniga qadar qo‘shimcha yangi 12 ta loyiha hisobiga 130 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Natija  loyihalar soni 130 tadan oshib, ishlab chiqarish yillik rejasi 340,0 mlrd so‘mga yoki 163 foizga bajariladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 156 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Jumladan, Chirchiq shahridagi birlashmada 4ta loyiha bo‘yicha 102 mlrd so‘mlik mahsulotlar  - molibden, volfram karbidi, qattiq qotishmali vtulkalar ishlab chiqariladi.

Natijada esa import o‘rnini bosish samaradorligi 31,2 mln dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, qo‘shimcha 19ta loyihalar bo‘yicha “O‘zmetkombinat” AJ “Navoiy KMK” DUK, “O‘zbekko‘mir” AJ va boshqa korxonalar uchun import o‘rnini bosuvchi respublikada avvallari ishlab chiqarilmagan mahsulotlar ishlab chiqarilishi ta’minlanadi.

2022 yilda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni tarmoqlararo kooperatsiyada o‘zlashtirish bo‘yicha mamlakatimiz va xorijning bir qator korxonalar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing