OKMKda hamkorlik forumi o‘tkazildi

Biznes

image

Joriy yilning 6 iyul kuni Olmaliq shahrida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollari" mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etilgan mazkur forumda “Deutsche Bank”, “KfW-IPEX Bank”, “Siemens”, “Zippelin”, “PWC”, “Ernst & Young”, “KPMG”, “SAP”, “Terralink”, “Aveva”, “Datamine”, “Sifra”, “Noventiq Worley”, “K&K Gold GROUP”, “Sebine Technology”, “Sepro mineral system”, “ME SOLUTIONS GP”, “ABM Anlagenbau und Maschinentechnik”, “Xingtai ME Mining Equipment”, “RWS optimum”, “UET Consulting”, “CRRC Dalian” hamda boshqa ko‘plab yirik xorijiy kompaniyalar mintaqaviy rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Forumnining maqsadi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining rivojlantirish istiqbollari va yo‘nalishlari, amalga oshirilgan islohotlar, potensial investitsiya imkoniyatlarini namoyish etish hamda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Ochilish marosimida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi A.Xursanov so‘zga chiqib, kombinat faoliyati, infratuzilma ob’ektlari, hamda istiqbolli loyihalar va amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Forum davomida “Glencore International AG” kompaniyasining Xaridlar bo‘yicha direktori Mariya Samoylova, “JPMorgan” bankining ijrochi direktori Yungxa Kim , “Falk Porsche” kompaniya ta’sischisi Falk Porshe O‘zbekistonning geografik joylashuvi, yaqin va uzoq sharq va g‘arb davlatlari bilan erkin savdo rejimlari, GSP+ benefitsiari maqomi, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ishlari, boy xomashyo resurslari hamda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirishib, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berishdi.

“So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kechayotgan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu mamlakatni investitsion jozibadorligini oshirmoqda. Bugun ko‘plab xorijiy kompaniyalar O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga va sarmoya kiritish uchun tayer. Biz anchadan buyon Olmaliq kon metallurgiya kombinati bilan hamkorlik qilib, bir qator mahsulotlari xarid qilib kelamiz. Bu hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanishining tarafdorimiz”, deydi “Glencore International AG” kompaniyasining Xaridlar bo‘yicha direktori Mariya Samoylova.

Forum doirasida “B2B” muzokaralari va “Kon-metallurgiya sanoatida raqamli transformatsiya”, “Kombinatda istiqbolli loyihalar va chiqindilarni qayta ishlash,” “Kon-metallurgiya sanoatida tog‘ kon-metallurgiya va yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Tog‘-kon sanoatida barqaror rivojlanish”, “Transport sohasida zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish” mavzularida panel sessiyalari hamda loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar va panel sessiyalar yakunlariga ko‘ra, kombinatning xorijlik hamkorlari kelgusidagi ishlarni davom ettirish, istiqbolda hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Forum ishtirokchilari kombinat konlari va investitsiya loyihasi doirasida qurilayogan ob’ektlarda xam bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati OKMK

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made