OKMK: “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish loyihasi doirasida yangi temir yo‘l ob’ekti topshirildi

Biznes

image

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan, megaloyiha deya, e’tirof etilayotgan “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasi doirasida kon faoliyati uchun zarur bo‘lgan yangi infratuzilma ob’ektlarini qurish ishlari  jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Bugun, 9 sentyabr kuni loyiha doirasida qurilgan “Razvyazka – Yoshlik” stansiyalarini bog‘lovchi ikki izli temir yo‘l ob’ekti foydalanishga topshirildi.

Mazkur inshoot topshirilishi natijasida “Qalmoqqir” konida ishlar hajmini tushirmagan holda “Yoshlik I” konining markaziy qismida  kon-kapital ishlarini rivojlantirish bo‘yicha front ochiladi va kon gorizontlarini kengaytirish imkoni yaratiladi.

Loyihaga muvofiq 7,4 kilometr elektrlashtirilgan temir yo‘llar, 9 komplekt strelkali o‘tkazgichlar qurildi. Yangi markazlashtirilgan mikroprotsessor va poyezd g‘ildiraklari o‘qlarini elektron hisoblash tizimi (MPS I ESSO) uskunalari o‘rnatildi. Ob’ekt qurilishiga jami 51,2 mlrd so‘mlik mablag‘ sarflandi.

Ushbu ob’ektning yana bir muhim jihati, “Qalmoqqir” konining ustki qatlam jinslarini  tashlanmalar zaxira koniga tashish masofasi - 2,9 kmga qisqaradi.

Bundan tashqari, qo‘shimcha ravishda yiliga 1 mln 200 ming metr kub (“Qalmoqqir” konidan 500 ming metr kub. “Yoshlik I” konidan 700 ming metr kub) ustki qatlam jinsini tashishga imkon yaratadi.

Amaldagi tashish sxemasi bilan taqqoslaganda yiliga 12,8 mlrd so‘m mablag‘ tejaladi. Avtomobil transporti orqali tashishga qaraganda taxminiy tejamkorlik yiliga 153 mlrd so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

Ob’ektning tantanali ochilish marosimida  OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov “Razvyazka – Yoshlik” stansiyalarini bog‘lovchi ikki izli temir yo‘llarning foydalanishga topshirilishi “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirilishining muhim bosqichi ekanini ta’kidladi.

Tadbirda ob’ekt qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan Sanoat termiyo‘l transport boshqarmasi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, “Qalmoqqir” kon boshqarmasi hamda “Yoshlik I” koni direksiyasining bir guruh ishchi-xodimlari turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, faxriy yorliqlar, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun:  “Yoshlik” koni o‘zlashtirish loyihasi ikki bosqichda amalga oshirilmoqda:

•  I bosqich – 2021-2025 yillarda 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush;
•  II bosqich – 2024-2028 yillarda 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush metallari ishlab chiqarishga erishiladi.

Eng muhimi 6 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

OKMK Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing