OKMK “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol

Biznes

photo_2023-11-05_10-22-47

Canoat korxonalari hududida “yashil belbog‘” yaratish, dala chetlari va yo‘llar atrofida ko‘chatlar ekish ekologik vaziyatni yaxshilashga va ona tabiatimizni asrab qolishga qaratishgan tashabbusdir.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  obodonlashtirish va ko‘lamzorlashtirish  ishlari tashkil etildi.

Olmaliq shahri atrofidagi bo‘sh yer maydonlari shuningdek, kombinat korxonlari atrofidagi yerlarga ishlov berilib, ko‘chatlar ekish uchun hozirlandi.

Ikki kun davomida kombinat ishchi-xodimlari 68 gektar yer maydoniga 476 000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishadi.

“Tashkil etilayotgan bog‘larimiz kelajakda olmaliqliklar va kombinat ishchi-xodimlari dam oladigan, poytaxtimizdagi istirohat bog‘laridan qolishmaydigan  maskanlariga aylantiriladi. Har bir bog‘da barcha sharoitlar yaratiladi. Maqsadimiz – Olmaliq shahrini yashil hududga aylantirish. Bugun amalga oshirayotgan ishlarimiz kelajak avod uchun, va atrof-muhitni muhofaza qilishga  xizmat qiladi”, deydi OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov. 

Ta’kidlash joizki, kombinatning barcha korxonlarida bugun yashil belbog‘ yaratishga katta e’tibor qaratilgan. Birgina Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining 3-temiryo‘l sexida 25 sotixli bog‘ va issiqxona barpo etilgan. Bog‘bon Yashin Normatov tomonidan mazkur bog‘da 50 tup behi, issiqxonada esa  55 tup limon, 10 tup apelsin va mandarin kabi sitrus mevalar va turli xil gul ko‘chatlari o‘stirilmoqda. Hattoki, qirol banani ham ilk bor yetishtirilib, bu yil hosilga kirgan.

OKMK Axborot xizmati


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing