OKMK: Yangi metallurgiya majmuasi barpo etilmoqda
Biznes
−
11 aprel
5514Hozirgi vaqtda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan dunyodagi eng yirik loyihalardan biri 3-Misni boyitish fabrikasi ishga tushganda yiliga 1 mln tonna mis konsentrati ishlab chiqiladi. Ushbu konsentratdan mis va boshqa qimmatbaho metallarni ajratib olish, ulardan turli xil qotishma hamda sof metallar ishlab chiqarish uchun yangi metallurgiya ob’ektlarini barpo etish zarur.
Yangi metallurgiya majmuasini qurish uchun misni eritish va konverterlash bo‘yicha eng ilg‘or va yetakchi texnologiyalar o‘rganib chiqildi.
Kombinat tomonidan tanlab olingan texnologiyaning mis konsentratidan misni ajratib olish darajasi 98,4 foizni tashkil etadi.
Eng muhimi, yangi quriladigan metallurgiya majmuasi atrof-muhitga mutlaqo zararsiz, barcha texnologik jarayonlar to‘liq yopiq bo‘lib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararli sharoitlar minimal darajada (zararli gazlarni ushlab qolish 99,2-99,7%) bo‘lishi belgilangan.
Yangi metallurgiya majmuasida yiliga 300 ming tonna mis va 1,8 mln tonna sulfat kislotasi ishlab chiqariladi. Sulfat kislotasi kimyo, uran sanoati, yangi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirishga zamin yaratadi.
Mis ishlab chiqarish quvvatlarini oshirilishi esa, o‘z navbatida, mis xomashyosini Respublikaning o‘zida qayta ishlab, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega yangi turdagi mis mahsulotlari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, mis konsentratlari tarkibidan olingan oltin va kumush respublika oltin-valyuta zaxiralarini ko‘payishiga, zargarlik sanoati korxonalarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Yana bir muhim jihat shundaki, ushbu loyihani amalga oshirilishi natijasida minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Bu loyiha, shubhasiz, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini jahondagi eng yirik mis eritish korxonalaridan biriga aylantiradi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi