OKMK: Ingichka fabrikasining 2-navbati ishga tushirildi

Biznes

image

Ma’lumki, Samarqand viloyatidagi Ingichka volfram konining texnogen chiqindilarini qayta ishlash loyihasi II bosqichi samarali amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida bugun “Ingichka” boyitish fabrikasining 2-navbati  ishga tushirildi. Fabrikaning ochilish tadbirida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va uning tasarrufidagi O‘zbekiston texnologik metallar kombinati rahbariyati, Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan mas’ullar, nuroniylar ushbu fabrikaning Kattaqo‘rg‘on shahri taraqqiyotida va mahalliy hudud aholisi farovonligida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Nuroniylar va mas’ullar tomonidan ramziy lenta qirqilib, fabrika rasman o‘z faoliyatini boshladi.  Va ishlab chiqarish jarayoniga start berildi.

Fabrika sobiq Ingichka tajriba texnologiya ekspeditsiyasining foydalanilmayotgan binolari negizida barpo etildi.

Fabrikani loyihalashtirish ishlari kombinatning Loyiha ishlari boshqarmasi tomonidan, texnologik uskunalarni o‘rnatish va binolarni rekonstruksiya qilish ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan amalga oshirildi. 

Fabrikada jami 9 turdagi 43 ta yangi texnologik uskunalar o‘rnatilgan, kimyo laboratoriyasi, tahlil laboratoriyasi, boyitish tajriba sexi, maishiy binolar qurib bitkazilgan.

Loyihaga ko‘ra, fabrikada Ingichka volfram konining 12 mln tonnadan ziyod texnogen chiqindilari qayta ishlanadi. Fabrikaning ikkinchi navbati ishga tushgach, yiliga qo‘shimcha 85 tonna tonna volfram konsentrati olinadi.

Loyihani ishga tushishi natijasida 120 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Ma’lumot uchun: 2022 yilda ushbu loyihaning I bosqichi ishga tushirilib, yiliga 100 tonna volfram konsentratini olish yo‘lga qo‘yilgan 82 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan edi. Buning natijasida 2023 yilda 5,7 mlrd so‘mlik 100 tonna (o‘rtacha 28% WO3) volfram konsentrati olindi. 1,8 mln dollarlik qo‘shimcha eksportbop 27 tonna volfram shtabiklari tayyorlandi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida volfram tarkibli 27,9 mlrd so‘mlik 36 tonna qattiq qotishmali kompozit mahsulotlari ishlab chiqarilib, Navoiy kon-metallurgiya kombinati va “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatiga hamda OKMK tarkibiy bo‘linmalariga yetkazib berildi.
Fabrikaning 2-bosqichi ishga tushishi natijasida endilikda yiliga jami 185 tonna volfram konsentrati ishlab chiqarish ta’minlanadi. Qo‘shimcha mahsulot hajmi 16,24 mlrd so‘mni tashkil etadi. 

Ushbu fabrika mustaqillikning 33 yilligi arafasida hudud aholisiga bayram sovg‘asi bo‘ldi. 

Ingichka fabrikalari hozirgi kunda to‘plangan 19 mln tonnadan ziyod texnogen chiqindilarni qayta ishlash asosida volfram konsentratini ishlab chiqarmoqda. O‘zbekiston texnologik metallar kombinati zimmasiga kelgusida Ingichka konlarini ochish va ishga tushirish vazifalari qo‘yilgan. O‘zbekiston volfram zahiralari bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda turadi. Hozirda 1 kg volfram metallining narxi jahon bozorida 42 dollarni tashkil etadi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing