Oxirzamon tadorigi: milliarderlar pulini nimaga sovuryapti?

Bu qiziq

image

Dunyoning eng boy insonlari pullarini shaxsiy orollar sotib olish va “qora kunlar”ga atab, o‘ziga bunker qurishga sarflayapti. Bu haqda “Heber global” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, mashhur milliarderlar yadroviy urush haqidagi vahimalar girdobida omon qolish uchun yerosti boshpanalarini qurmoqda.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, amerikaliklar  2022 yilning aprelidan 2023 yilning mos davrigacha chekka hududlardagi boshpanalar uchun 11 milliard dollar tikkan. 

Dunyoning eng boy insonlari ham bundan xoli emas. Jumladan, o‘tgan yil oxirida Mark Sukerberg o‘zining Gavayi orolidagi fermasining ostiga energiya va oziq-ovqat manbalari hamda portlashga chidamli eshiklari bo‘lgan 100 million dollarlik yerosti bunkeri qurgani ma’lum bo‘ldi.

Amazon asoschisi Jeff Bezos ham Mayamidagi Indian-Krik orolidan 79 million dollarga uy sotib olib, u yerga rasman  ko‘chib o‘tishini ma’lum qilgan.

Yana bir amerikalik biznesmen Frenk Vanderslot  Kaliforniya shtatining Zuk shaharchasidan janubda joylashgan 2 ming gektarlik fermani 51 million dollarga sotib olib, u yerda xuddi shunday boshpana qurgani aytilmoqda.

OpenAI kompaniyasi bosh direktori Sem Altman hamda  PayPal hammuassisi Piter Til OAVdagi chiqishlarida yadroviy urush ehtimoli yuzaga kelishi bilan Yangi Zelandiyadagi mulklarida yashirinishidan so‘z ochgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing