Oxirzamon qachon bo‘lishi va uning sababi aytildi

Bu qiziq

image

London Qirollik jamiyati tadqiqotchisi va Manchester universiteti professori, fizik Brayan Koks Yerda oxirzamon taxminan milliard yil ichida sodir bo‘lishi mumkinligini bashorat qildi. Bu haqda Britaniyaning "Express" nashriga asoslanib xabar berilgan. 

Olimning fikriga ko‘ra, Quyoshdagi vodorod zaxiralarining kamayishi sayyoraning o‘limiga sabab bo‘ladi. 

Vodorod Quyoshning yoqilg‘isidir va u tugashi bilan uning yadrosi qulashni boshlaydi.

Shu tufayli yulduz kengayadi va Yerdagi harorat shunday darajaga yetadiki, unda hayot mavjud bo‘lishi imkonsiz bo‘lib qoladi. 

Fizik Quyosh kengayishda davom etib, ulkan o‘lchamga yetishini va Yerni butunlay qamrab olishini taxmin qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

oxirzamon

Baholaganlar

6113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar