Oxirgi sutkada koronavirusdan eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi qaysi mamlakatlarda qayd etildi?

Bu qiziq

image

Yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 tufayli o‘limning kunlik o‘sishi Braziliyada 366, Meksikada 399, Hindistonda 971 tani tashkil etdi. Ushbu uch mamlakat oxirgi sutkada koronavirusdan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilgan mamlakatlar bo‘ldi. 

Braziliya

Braziliya koronavirus infeksiyasi soni bo‘yicha dunyodagi ikkinchi mamlakat bo‘lib qolmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi sutkada 211 million aholisi bo‘lgan Braziliyada koronavirus tashxisi qo‘yilgan 366 kishi vafot etdi,  o‘limlarning umumiy soni 120 828 kishiga yetdi. 

Bir kunda yuqtirish holatlari soni 16 158 taga ko‘payib, 3 million 862 311 taga yetgan.  

Braziliyada koronavirusdan 29 978 nafar aholi vafot etgan.

Braziliyada koronavirus tashxisi qo‘yilgan sog‘aygan bemorlar soni 3 million 31 559 kishini tashkil qiladi. 

Meksika

Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kuniga koronavirus bilan kasallangan 339 fuqaro vafot etgan, o‘limlarning umumiy soni 64 158 kishiga yetgan. 

COVID-19 bilan kasallanganlar soni kuniga 12 029 taga ko‘payib, 595 841 kishini tashkil qildi. 

Mamlakatda koronavirusdan davolanganlar 489 724 nafarga yetgan. 

Hindiston

So‘nggi 24 soat ichida Hindistonda koronavirus tufayli 971 kishi vafot etdi. Mamlakatda qurbonlarning umumiy soni 64 469 kishiga yetdi. 

Koronavirus bilan yangi kasallanganlar soni 78 512 tani tashkil etmoqda. COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 3 million 621 245 nafar.  

Bugungi kunga qadar 2 million 774 801 hindistonlik xavfli virusdan sog‘aygan. 

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 25 million 236 271 nafarga yetdi. Ulardan 16 million 624 852 nafari sog‘aygan, 546 574 kishi vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

490

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing