Oxirgi 20 kun davomida 181 ta qimmatli daraxt noqonuniy kesilgan

Jamiyat

image

Oxirgi 20 kunda 417 dona daraxt va buta noqonuniy ravishda kesilgan. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, 2 maydan 21 mayga qadar respublika miqyosida Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat inspektorlari tomonidan jami 197 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan.

Huquqbuzarlarga 187,5 mln. so‘m jarima va 607 mln. so‘m da’vo belgilangan. Umumiy hisobda 417 dona daraxt va buta daraxtlar, shundan 181 dona qimmatli va 236 dona kam qimmatli daraxtlar va 46,6 m3 buta daraxtlar noqonuniy kesilgani aniqlangan.

Huquqbuzarlardan 22 ta elektr arra va bolta, 562 dona daraxt tanalari, 54,1 m³ daraxt va buta daraxtlar o‘tini olib qo‘yilgan. Shuningdek, 9 ta holat bo‘yicha 250 mln. so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Daraxtlar noqonuniy kesililishi

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar