Oq uy Turkiyaning Suriyadagi operatsiyasiga rozi, faqat...

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiya o‘zini teraktlardan himoya qilishga haqli, deb hisoblaydi, biroq Anqara Suriyada tinch aholi, shuningdek, u yerda joylashgan Amerika qo‘shinlariga xavf tug‘diradigan har qanday operatsiya o‘tkazishini istamaydi. Bu haqda kecha, 28 noyabr kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining (MXK) strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi brifingda ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, esda tutish kerakki, Turkiya terror xurujlari qurboni bo‘lishda davom etmoqda va shu sababli o‘zini va fuqarolarini hujumlardan himoya qilish huquqiga ega.  

“Ularga qarshi terrorchilik xurujlari amalga oshirildi, biroq biz, ayniqsa, Suriyada ko‘proq qurbonlar, ko‘proq tinch aholi qurbonlari va sa’y-harakatlarimizni qisqartirish yoki ISHIDga qarshi kurashga qaratilgan ishlarimizni chetlab o‘tishga olib keladigan harakatlarni ko‘rishni istamaymiz”, deydi Kirbi.  

Shuningdek, u AQSH Suriyada keskinlik pasayishini istashini bildirgan. 

“Bz Suriya hududida Turkiya yoki amerikaliklarning hayotiga xavf tug‘diradigan har qanday harakatni ko‘rishni istamaymiz, chunki bu hududda Suriya Demokratik kuchlariga yordam berayotgan Amerika qo‘shinlari bor”, deydi u. 

Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Vashington hozircha Istanbuldagi hujum uchun kim javobgar ekanligini ayta olmaydi.  

“Biz kimning javobgarligini aniq ayta olmaymiz, zo‘ravonlikni o‘shanda qoralagan edik, hozir ham qoralaymiz”, deydi u. 

Kirbiga ko‘ra, AQSHning Istanbulda sodir etilgan terakt tergoviga aloqasi yo‘q.

20 noyabrga o‘tar kechasi Turkiya Iroq va Suriya shimolida havo operatsiyasini o‘tkazdi, unda 50 dan ortiq samolyot va 20 ta uchuvchisiz samolyot ishtirok etdi. Zarbalar Anqara tomonidan taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP/PKK) terroristik tashkiloti bazalariga qaratilgan. Turkiya rasmiylari 13 noyabr kuni Istanbulda 6 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hujumda KIP/PKK’ni aybladi. 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriya shimolida havodan keyin quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish rejasini avvalroq ma’lum qilgan edi. Bu masala 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida, shuningdek, Mudofaa vaziri Hulusi Akarning Turkiya armiyasi qo‘mondonligi va chegara hududlaridagi bo‘linmalar qo‘mondonlari bilan uchrashuvida muhokama qilingan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya armiyasining Suriya bilan chegaradosh hududlarda joylashgan bo‘linmalari quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlikni yakunlagan va uni boshlash bo‘yicha buyruqni kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing