Oq Uy Rossiyaga qarshi yangi sanksiya qo‘llamoqchi. Putin ham nishonda

Olam

image

“AQSH Prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati Vladimir Putinga shaxsan ta’sir ko‘rsatuvchi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamoqda”, deya yozadi “The Washington Post” axborot agetligi. Agentlik Milliy xavfsizlik kengashi vakili va qo‘liga kelib tushgan hujjatlarga tayanib ushbu xabarni ma’lum qilgan. 

“Agar Putin Ukrainaga bostirib kiradigan bo‘lsa, senator-demokratlar yangi sanksiyalar paketini e’lon qilishadi”, deyiladi, xabarda. 

Sanksiyalarni ishlab chiqishda Senat qo‘mitasining xalqaro ishlar bo‘yicha rahbari Robert Menendes boshchilik qilgan.  

Rossiya rahbaridan tashqari, yangi cheklovlar boshqa yuqori martabali amaldorlar va harbiylarga, shuningdek, banklarga va SWIFT banklararo to‘lov tizimiga kirishga ham ta’sir qilishi mumkin. 

Bundan tashqari, senatorlar “Shimoliy oqim 2” gaz quvurining ishga tushirilishiga qarshi “barcha mavjud va tegishli choralarni ko‘rib chiqish” taklifini ilgari surishgan.

Vashington bir necha bor Rossiyaga qarshi “misli ko‘rilmagan” sanksiyalar tayyorlanayotganini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, agar Moskva va Kiyev o‘rtasida harbiy mojaro boshlanadigan bo‘lsa, bu sanksiyalar kuchga kirishi belgilangan. 

Bu haqda, AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris, Davlat kotibi Entoni Blinken va uning o‘rinbosari Viktoriya Nulandlar ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda G‘arb matbuoti Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududlarda qo‘shin to‘playotgani, bu bilan u hujumga tayyorlanayotgani haqida bong urib kelmoqda. Ammo Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya o‘z hududi bo‘ylab har qanday harbiy harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega, bu hech kimning xavotirga tushishiga asos bo‘la olmaydi.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing