Oq uy Bayden va Szinpin uchrashuvi bo‘yicha rasmiy izoh berdi

Olam

image

Hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden hamda Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha aniq kelishuvlar mavjud emas. Bu haqda bugun, 13 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining Hindiston va Tinch okeani mintaqalari bo‘yicha koordinatori Kurt Kempbell ma’lum qildi.

“Ikki davlat rahbarlari so‘nggi marta telefon orqali suhbatlashganida yuzma-yuz uchrashish imkoniyatini muhokama qilganini tasdiqlayman. Biroq, hozirda uchrashuv joyi va vaqtini aniq ayta olmaymiz”, deydi Oq uy rasmiysi.

Avvalroq, “The Wall Street Journal” nashri Jo Bayden joriy yilning noyabr oyida Si Szinpin bilan yuzma-yuz uchrashishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Nashrga ko‘ra, Xitoy rasmiylari G20 yoki Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida doirasida bo‘lib o‘tadigan Jo Bayden va Si Szinpinning yuzma-yuz uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ikki sammitdan biri doirasida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan uchrashuvga tayyorgarlik hali dastlabki bosqichda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining 2 avgust kuni Tayvanga qilgan tashrifidan keyin Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Pekin bu safarni “Yagona Xitoy” tamoyilini buzish va mamlakat davlat suverenitetiga tajovuz, deb hisobladi.

Xitoy-Tayvan masalasi

Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragach, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qolgan.

Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, ularni XXR bilan o‘rnatgan. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2020 yilda AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Gonkongdagi vaziyat tufayli Pekin bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida Tayvan bilan aloqa va almashinuvlarni sezilarli darajada faollashtirdi, bu esa XXR rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘ldi. 

AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchisidir. Joriy yilning aprel oyida Davlat departamenti Patriot zenit-raketa tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 95 million dollarlik shartnomani ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden va Tszin'pin uchrashuvi

Baholaganlar

40

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar