Oq sochlarni tortib olib tashlamang – Mutaxassis maslahati
Salomatlik
−
14 Sentabr 2020
16110Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oq sochlar organizmdagi turli buzilishlar, foydali moddalar va vitaminlar yetishmasligi, nosog‘lom turmush tarzidan paydo bo‘ladi. Ularni tortib olib tashlash mumkin emasligi haqida ham eshitgan bo‘lishingiz kerak.
Soch rangi melanin miqdoriga bog‘liq, u qancha ko‘p bo‘lsa, soch to‘qroq bo‘ladi. Melaninning asosiy vazifasi hujayralarni ultrabinafsha nurlaridan va radikallardan himoya qilishdir. Yosh o‘tishi bilan melanin cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi. Oq sochlar shunda paydo bo‘la boshlaydi.
Ma’lumki, mutaxassislar oq sochlarni tortib olib tashlashni maslahat bermaydilar. Sababi, ularning o‘rniga yangi sochlar o‘sib chiqishi ehtimoli kamayadi. Siz muntazam ravishda oq sochlaringizni olib tashlasangiz, natijada kal bo‘lib qolishingiz mumkin.
Ko‘p qizlar oq sochlardan imkon qadar tezroq xalos bo‘lishni istaydilar. Buning bir necha yo‘li mavjud. Agar oq sochingiz kam bo‘lsa, unda manikyur qaychichasida ehtiyotkorlik bilan ularni ildizidan kesib tashlashingiz mumkin.
Agar oq sochlar juda ko‘p bo‘lsa, bugungi kunda unday sochlarni bo‘yash orqali 100 foiz muammoni hal qila olasiz. Buning uchun maxsus bo‘yoqlar bor. Ular yaqin kelajakda muammoingizni butunlay unutishingizga yordam beradi.
Bo‘yashni xohlamasangiz, 30 foizgacha oq sochlarni qoplashi mumkin bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pigmentdan foydalanishingiz mumkin. U bilan kamchiligingiz sezilmaydi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi