OIV va OITSga gumon qilinganlar majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda OIV va OITS infeksiyasi bilan kasallanishda shubha qilingan shaxslar majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkaziladigan maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan OIV/OITS infeksiyasi bilan kasallanganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni byudjet mablag‘lari hisobidan g‘ayriixtiyoriy ravishda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan. 

Loyihada 2023 yil 1 yanvardan boshlab majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini tasdiqlash taklif etilmoqda.

Hujjatda “xavfli guruh” ta’rifi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq-atvori tufayli o‘zga shaxslarga jinsiy aloqa yo‘li orqali yuquvchi kasalliklarni (OIV, zaxm, so‘zak va boshqalar) yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan rag‘batlantirish evaziga intim xizmat ko‘rsatuvchilar, besoqolbozlar va tanosil kasalligiga chalingan, shuningdek, giyohvandlik vositalarini igna orqali qabul qiluvchi yoki qabul qilganlikda gumonlangan shaxslar kiradi. 

Xavfli guruh bilan aloqada bo‘lgan shaxslar:

•  maxsus tezkor va profilaktik tadbirlarda aniqlangan, xavfli guruhga kiruvchi shaxslar bilan jinsiy aloqaga kirishgan yoki jinsiy aloqaga kirganlikda gumonlangan shaxslar;

•  maxsus-profilaktik tadbirlar davomida axloqqa zid bo‘lgan huquqbuzarliklar (rag‘batlantirish evaziga intim xizmat ko‘rsatuvchilar, jinsiy erkinlikka va axloqqa qarshi, tanosil yoki OIV/OITS infeksiyasini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlar)ni sodir etilishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarda ishlovchilar va tashrif buyuruvchi shaxslar;

•  kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV/OITS infeksiyasini yuqtirish bilan bog‘liq bo‘ladigan ob’ektlarda ishlovchilar hamda tadbir davomida bunday ob’ektlarda aniqlangan shaxs (mijoz)lar.

“Xavfli guruh”ga mansub shaxslar va ular bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Respublika OITSga qarshi kurash markazi, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi OITS markazlari, OIV infeksiyasi bo‘yicha tumanlararo diagnostika laboratoriyalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing